OpenAI'ning bosh direktori Sem Altman Sora'ni ishga tushirganini e'lon qildi — matnli so'rovlar asosida videolar yaratish uchun yangi vosita. Xizmat stilistik sozlash va kontentni moslashuvchan boshqarish imkoniyatlarini taklif etadi.
Sora'ning asosiy imkoniyatlari:
- matndan video yaratish — foydalanuvchilar "mamonlar sahroda yurishmoqda" kabi matnli so'rovlarni kiritib, mos videolarni olishlari mumkin;
- storyboard (video rejalashtirish) — vosita sahnalarni belgilash imkonini beradi, masalan, video ma'lum bir soniyada qandaydir voqea sodir bo'lishini ko'rsatish;
- tahrirlash va birlashtirish — boshlang'ich va yakuniy sahnalarni yaratish, shuningdek, bir nechta videoklipni bitta rolikda birlashtirishni o'z ichiga oladi;
- stil sozlash - videolar uchun uslublarni tanlash imkoniyati, kontentni ma'lum ehtiyojlarga moslashtirish uchun.
https://twitter.com/OpenAI/status/1758192960116785459
So'rovda video bo'lagi qaysi kamera yoki filmda suratga olinganini belgilash, rangni tuzatish va sifat parametrlarini belgilash, shuningdek, videoning umumiy kayfiyati va mavzusini ko'rsatish mumkin. Kompaniya dastlabki bosqichda muayyan shaxslarning tasvirlari bo'lgan kontentni yuklashni cheklashini va nojo'ya materiallarni bloklashini ma'lum qildi.
OpenAI ChatGPT uchun Sora video yaratish vositasiga kirish imkonini beruvchi ikki darajadagi obuna tizimini taqdim etdi, bu esa funksional imkoniyatlari va limit hajmlari bilan farqlanadi.
ChatGPT Plus tarif ($20 oyiga) video funksiyalariga asosiy kirish kerak bo'lgan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- qisqa videolar yaratish imkoniyati;
- oyiga 50 video (1 ming kredit);
- video maksimal o'lchami — 720p (piksel);
- bitta video davomiyligi 5 soniya bilan cheklanadi;
ChatGPT Pro tarif ($200 oyiga) professional foydalanuvchilar va kontent yaratuvchilar uchun ishlab chiqilgan. U quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- cheksiz video yaratish imkoniyati sekin rejimda;
- oyiga 500 video ustuvor generatsiya rejimida (10 ming kredit);
- video maksimal o'lchami — 1080p (piksel);
- video davomiyligi 20 soniyagacha bo'lishi mumkin;
- 5 ta parallel generatsiyaga qadar;
- videoni suv belgisiz yuklab olish.
Platforma allaqachon AQShda ishga tushirilgan va ko'pchilik mamlakatlarda mavjud bo'ladi. Biroq, Sora Buyuk Britaniya va Evropada mahalliy qonunchilik talablari sababli mavjud bo'lmasligi mumkin.
OpenAI yangi Sora vositasiga kutilmagan darajada yuqori talabga duch keldi. "Biz Sora'ga talabni sezilarli darajada past baholadik. [Bizga] barcha xohlaganlarga kirish imkoniyatini taqdim etish uchun vaqt kerak bo'ladi. Buni iloji boricha tezroq amalga oshirishni tushunishga harakat qilmoqdamiz!" — deb yozdi Altman o'zining X blogida.
Sora platformasi ishlab chiqilgan videolar bilan tanishish uchun rasmiy saytida va yangiliklar sharhida mavjud.
Oldinroq Spot OpenAI yangi "o'ylovchi" AI modelini ishga tushirishini e'lon qilgani haqida xabar bergandi.