IT Park O'zbekiston Open Data Challenge 2024 хakatoni uchun arizalarni qabul qilishni e'lon qildi.

Open Data Challenge tanlovi ochiq ma'lumotlardan foydalanib, texnologik yechimlarni ishlab chiqishga bag'ishlangan. U har yili 2018 — 2021 yillarda o'tkazilgan.

Tadbir professional IT-jamiyatni rivojlantirish va fuqarolarning ochiq ma'lumotlardan foydalanishga qiziqishini oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, bu tadbir ochiq axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda potentsialini amalga oshirishni ta'minlashga qaratilgan.

Reklama Spot.uz saytida

Ishtirokchilardan quyidagi yo'nalishlardan birida raqamli yechimlar yaratish talab etiladi:

  • davlat sektori;
  • ijtimoiy sektor;
  • biznes;
  • korruptsiyaga qarshi kurash.

Arizalar individual va jamoaviy tarzda qabul qilinadi. Jamoada 3 kishigacha ishtirok etishi mumkin, individual ishtirokchilar birinchi kunda jamoaga birlashishlari mumkin.

Hakaton «Yangi O'zbekiston» universitetida 2025 yil 24-26 yanvar kunlari o'tkaziladi. Eng yaxshi yechimlarni yaratganlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish uchun 20 yanvardan kechiktirmay, havola bo'yicha ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Avvalroq Spot, ikki oy ichida IT Park rezidentlari bo'lgan 112 eksportchi kompaniya haqida xabar bergan.