Davlat banki rahbari, chet el banklari va mamlakatlari bilan hisob-kitoblar erkin amalga oshirilishini alohida ta'kidladi. U O'zbekiston banklariga Pokistonda faoliyat boshlamoqchi bo'lsalar, avval o'z vakolatxonasini ochishlarini, keyin esa uni filialga aylantirishlarini tavsiya etdi.
Xorijiy mamlakatlar bilan yaratilgan barter tizimi va uning ishlash prinsiplari haqida ham ma'lumot berildi. Ikkita mamlakat o'rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni yaxshilash va zamonaviy bank xizmatlarini yo'lga qo'yish maqsadida, rais O'zbekiston banklari vakillaridan iborat delegatsiyani Pokistonga tashrif buyurishga taklif qildi.