«Eron bilan o'yin Qirg'izistonga qarshi o'yindan oson bo'ladi», - dedi Eldor Shomurodov seshanba kuni o'tkazilgan mashg'ulotdan oldin bergan intervyusida.
Serdar Ozmun o'z do'sti Eldor Shomurodovning so'zlariga bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida javob berdi.
«Biz O'zbekiston terma jamoasini hurmat qilamiz. Biz ko'p marta ularga qarshi o'ynadik. Bu o'yinda 3 ochko to'plash juda muhim. Ammo raqib haqida, hurmat saqlab, shuni aytaman: O'zbekiston bizga jiddiy chaqiriq yuborganidan va muammolar yaratganidan 12 yil o'tdi.
Shuni ta'kidlash kerakki, Ozmunning bu so'zlari matbuot anjumanida tarjimon orqali tarjima qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'yin 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining 3-bosqich 3-turida bugun, 10 oktyabrda Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida soat 19:00da bo'lib o'tadi.