Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 27-fevraldagi qarorida aytilgan. Hujjat, boshqa narsalar qatorida, doimiy asosda o'z-o'zini band qilgan fuqarolarga yo'lovchi tashish bilan shug'ullanishga ruxsat beradi.
Litsenziya kartochkasi bir yil muddatga rasmiylashtiriladi. U amal qilish muddati, faoliyat yuritish hududi, shuningdek, oluvchi va avtomobil haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Uning berilishi uchun davlat boji 1 BRV (375 ming so'm) tashkil etadi.
Shuningdek, o'z-o'zini band qilgan taksi haydovchilari avtomobilning tomida "Taxi" yozuvi bilan yoritilgan chiroq o'rnatishlari kerak. Avtomobilni hisoblagich (taksometr), radio va nazorat-kassoviy uskunalar bilan jihozlash zarur emas.
Har yili taksi haydovchilari UzTrans bazasidagi davlat yoki xususiy klinikalarda tibbiy ko'rikdan o'tadilar.
Xususiy taksi haydovchilari soliq to'lashga majbur emaslar, ammo har yili ixtiyori bilan 1 BRV miqdorida ijtimoiy soliq to'lashi mumkin. Bu ularga stajni oshirish va pensiya to'lovlariga huquq olish imkoniyatini beradi.
Agar fuqarolar mehnat shartnomasi asosida boshqa sohalarda ishlayotgan bo'lsa, ular ham o'z-o'zini band qilgan sifatida ro'yxatdan o'tgandan so'ng izvoz bilan shug'ullanishlari mumkin.
E'tibor bering, 2022-yil sentyabridan boshlab o'z-o'zini band qilganlar vaqtinchalik ruxsatnoma asosida xususiy izvoz bilan shug'ullanishlari mumkin edi. Endi huquq doimiy asosda amal qiladi.