Tegishli kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha ushbu loyiha O‘zbekiston Energetika Vazirligi va ACWA Power tomonidan Boku shahrida 11-22 noyabr kunlari o‘tkazilayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 konferensiyasida imzolandi.
Loyiha respublika bo‘yicha energiya tizimini o‘rganishni nazarda tutadi. Ularning natijalariga ko‘ra, bosqichma-bosqich elektr energiyasini saqlash tizimlari joriy etiladigan mintaqalar tanlanadi.
Dastlabki baholarga ko‘ra, loyiha umumiy qiymati 1,1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi davomida 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq COP29 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Energetika Vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridan Masdar kompaniyasi 1000 megavatt quvvatga ega shamol elektr stantsiyasini Navoi viloyati Uchquduq tumanida qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.