Hududiy aviakompaniya Silk Avia Yangi yil bayramlari davomida talabalarga 50% chegirma taqdim etishi haqida ma'lum qildi.
Taklif Omad Plus, Omad va Oson Plus tariflari uchun O'zbekiston ichidagi barcha reyslar uchun amal qiladi. Chegirmadan barcha davlat oliy ta'lim muassasalari talabalari, shuningdek, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalari o'quvchilari foydalanishlari mumkin.
Chegirma 2024 yil 23 dekabrdan 2025 yil 7 yanvargacha bo'lgan parvozlar uchun amal qiladi. Uni talabalik guvohnomasini taqdim etgan holda Uzbekistan Airways Sales, kompaniya agentlari yoki aeroportda chipta sotib olishda foydalanish mumkin.
Uzbekistan Airways shuningdek, talabalarga iqtisodiy klass uchun 50% chegirmalar taklif etdi. Bundan tashqari, "O'zbekiston temir yo'llari" 23 dekabrdan 10 yanvargacha (qulayliklar oshirilgan vagonlar va Afrosiyobdan tashqari) talabalarga sayohatlar uchun chegirmalar beradi.
Avvalroq Spot Silk Avia Toshkentdan Buxoro va Qarshiga parvozlar sonini oshirayotganini yozgan edi.