Soliq qo'mitasi "O'zbekiston temir yo'llari" yagona oynasi bilan yuk-transport hujjatlarining integratsiyasi haqida ma'lum qildi.
A'lon qilinganidek, ushbu yangilik yuklarni temir yo'l transporti orqali jo'natishda hujjatlarni rasmiylashtirishni osonlashtiradi. Elektron hujjatlarni tizimga kiritishda UTY tomonidan ajratilgan vagon ID-raqamlari avtomatik ravishda ba'zi qatorlarni to'ldiradi.
Xususan, vagon raqami orqali vagon turiga, yuk nomi va hajmiga, jo'natish va tushirish stantsiyalariga, masofaga va yetkazib berish narxiga, shuningdek, yuk jo'natuvchi va yuk qabul qiluvchi haqida ma'lumotlarni qo'shish mumkin bo'ladi.
1-apreldan boshlab yirik korxonalar uchun elektron yuk-transport hujjatlarini elektron hujjat aylanishi tizimlari orqali rasmiylashtirish majburiy bo'ldi. 1-iyuldan esa talab barcha xo'jalik sub'ektlariga tarqaladi.
Yukni jo'natish, yetkazib berish va qabul qilish jarayonlari elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Elektron hujjat kamida 5 yil davomida Soliq qo'mitasi ma'lumotlar bazasida saqlanishi kerak.
17-iyulda oziq-ovqat sanoati vakillari bilan uchrashuvda Soliq qo'mitasi rahbari Sherzod Qudbiyev elektron hisob-faktura va ETTN'ni bitta hujjatga birlashtirishni e'lon qildi. ETTN'da kamida 15 punktni avtomatlashtirish rejalashtirilmoqda, boshqa punktlar esa bir necha bosish orqali to'ldirilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoev avgust oyidagi ochiq muloqot davomida ikki turdagi hujjatlarni birlashtirish rejalari haqida ham ma'lumot berdi. Prezidentning so'zlariga ko'ra, bundan keyin faqat 4 qator kiritish kifoya bo'ladi, qolgan ma'lumotlar avtomatik ravishda joylashtiriladi.
Oldinroq Spot, Soliq qo'mitasi ESV va ETTN'ni birlashtirish bo'yicha qaror loyihasini tayyorlaganini yozgan edi.