Andijon viloyatida sobiq hokim o'rinbosarini qo'lga olishdi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, viloyat hokimining investitsiyalar bo'yicha sobiq o'rinbosari Botir Hamroyev qo'lga olingan.
Sobiq amaldorning uyida qidiruv o'tkazildi. Uni byudjet mablag'larini talon-toroj qilishda va xizmat mavqeidan suiiste'mol qilishda gumon qilishmoqda.
OAV shuningdek, sobiq o'rinbosar uyida 3 million AQSh dollari topilganini xabar qilmoqda. Hozirda ishning boshqa tafsilotlari aniqlanmagan.