Yevropa Qayta Qurish va Taraqqiyot Banki TBC Bank Uzbekistan uchun kredit ajratmoqda. Bu haqda Spot tashkilotning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Pul mablag'lari neobankning xizmatlar doirasini kengaytirish uchun taqdim etiladi. Xususan, ularning hisobiga yosh tadbirkorlarga, shuningdek, biznes ayollarga kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Kreditning umumiy miqdori $10 mln (9,1 mln evro) bo'ladi. Mablag'lar sintetik o'zbek so'mlarida ajratiladi.
Kamida 65% qarz mablag'lari yosh fuqarolar tomonidan tashkil etilgan yoki boshqarilayotgan mikro korxonalarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, kamida 40% pul ayol tadbirkorligini kreditlashga ajratiladi.
EBRD xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda 2021 yilda TBC Bank Uzbekistan'da 20% ulushlarni sotib olgan. O'shandan buyon ular neobankga besh marta investitsiya kiritib, jami $68 mln dan ortiq mablag' kiritgan.
So'nggi investitsiya raundi joriy yilning iyul oyida yopildi. Uning doirasida bank $38,2 mln jalb qildi, buning ichida $7,6 mln EBRD dan, shuncha miqdor MFK dan va $23 mln — gruzin banki TBC dan.
Oldinroq Spot TBC Bank Uzbekistan o'zining protsessing markazini ishga tushirayotganini yozgan edi.