Bu haqda AQShning savdo vakili Ketrin Tay 19 dekabrda Bayden-Xarris administratsiyasining O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo'shilishini doimiy ravishda qo'llab-quvvatlayotgani haqida bayonot berdi.
"Amerika Qo'shma Shtatlari O'zbekiston bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralarning tugallanganligi haqida e'lon qilishdan mamnun", – dedi AQSh savdo vakili.
O'zbekiston 1994 yilda JSTga qo'shilish uchun ariza berdi va 2020 yilda tashkilotga qo'shilish ustida faol ish olib bordi.
Tay O'zbekistonning muzokaralarni ilgari surishga bo'lgan qat'iy sodiqligini ta'kidladi va bu so'nggi ikki yil ichida muhim yutuqlarga olib kelganini, jumladan, ikki tomonlama kelishuvning muvaffaqiyatli imzolanishini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, AQSh bilan muzokaralarning tugallanishi haqida xabarlar noyabr oyining boshida berilgan edi. O'shanda tomonlarga bozor kirish protokolini imzolash qolgan edi.