Agar SMSda ko'rsatilgan kartalar bo'yicha savollar paydo bo'lsa, fuqarolar ma'lumotni aniqlashtirish uchun xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Zarurat tug'ilganda, foydalanilmayotgan kartalarni yopish uchun ariza berish mumkin.
Regulyator, shuningdek, bank kartalarini standart tartibda ro'yxatdan o'tkazishdan tashqari, fuqarolar nomiga virtual kartalar chiqarilishi bilan bog'liq firibgarlik xavfi mavjudligini ta'kidladi. Bu, bankning mobil ilovasidagi foydalanuvchining shaxsiy hisobiga ruxsatsiz kirish yoki fuqaroning bank ilovasida o'z ixtiyori bilan ro'yxatdan o'tishi natijasida sodir bo'lishi mumkin.
Markaziy bank fuqarolarni ehtiyot choralariga rioya qilishga, hisoblarini muntazam tekshirib turishga va shaxsiy ma'lumotlar va bank ilovalariga uchinchi shaxslarga kirish huquqini bermaslikka chaqirdi.