Bankning foizli daromadlari 10,6 trillion so'mdan oshib, 34,4% ga o'sdi, shu bilan birga foizsiz daromadlar 11,6% ga qisqarib, 2,6 trillion so'mni tashkil etdi.
Kreditlar va lizing bo'yicha mumkin bo'lgan yo'qotishlar bahosi yil davomida 2,1 trilliondan 3,0 trillion so'mgacha oshdi. Boshqa aktivlar bo'yicha mumkin bo'lgan yo'qotishlar bahosi 644,8 milliarddan 780,1 milliard so'mgacha oshdi.
Bankning kredit portfeli 2024 yil yakuniga ko'ra 35,1 trillion so'mni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 5,8% ga kamaydi. Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,7% dan 10,2% gacha oshdi.