UzAuto Motors matbuot xizmati yangi Chevrolet Cobalt shartnomasining tugaganini e'lon qildi.

O'zbekistonliklar 6 soat ichida 50 017 avtoulov yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzdilar. Ulardan 9255 tasi GX-Style AT Plus komplektatsiyasiga, qolgan 40 762 tasi esa oktyabrda taqdim etilgan GX-Midnight AT ga to'g'ri keldi.

Jismoniy shaxslar OneID orqali avtorizatsiyadan so'ng 49 858 avtoulov yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzdilar. Yana 159 ta mashina yuridik shaxslar tomonidan buyurtma qilindi.

Kompaaniya fuqarolarni uchinchi shaxslardan e'lonlar saytlarida va boshqa tashqi xizmatlar orqali shartnomalarni "sotib olish"dan saqlanishga chaqirdi. Xaridor yoki diler UzAvtoSavdo platformasida mijoz ma'lumotlarini o'zgartira olmaydi, bu haqida xabarda ta'kidlangan.

Spot.uz da reklama

Noyabr oyida UzAuto Motors o’tgan yilda eng katta shartnoma tuzish turini o’tkazdi va 55 494 ta mashina buyurtmasini qabul qildi. Keyinchalik ikki marta takroriy buyurtma qabul qilish turlari bo'lib o'tdi - 22 ming va 12,6 ming mashina uchun.

2022 yil oxiridan boshlab UzAuto Motors ommaviy segment modellari - Cobalt, Lacetti, Damas va Labo ochiq sotuvlarini to'xtatdi. O'shandan beri kompaniya bir necha bor shartnoma tuzishni ochdi va qaytadan yopdi.

2023 yil dekabr oxirida kompaniya Cobalt, Damas va Labo mashinalarini sotishni to'xtatdi va uch kun ichida 171 ming avtoulovni shartnomalashdi - 2024 yil uchun barcha ishlab chiqarish hajmi. Shunda kompaniya qayta sotish uchun chiqarilgan shartnomalar bazasini yaratgani haqida e'lon qildi.

29 martda UzAuto Motors 18 ming Labo mashinasini takroriy shartnoma tuzishga qo'ydi va 55 daqiqada sotib olindi. Aprelda kompaniya 24 ming Damas taklif qildi, buyurtmalar ham bir soatdan kam vaqt ichida kelib tushdi, 8 mayda esa 25 daqiqada 4500 Lacetti qayta shartnomalashdi.

Yana bir shartnoma tuzish turi iyun oyida o'tdi - o'shanda 25 ming Cobalt partiyasi uchun buyurtmalarni rasmiylashtirish to'qqiz soatdan ko'proq vaqt oldi. 5 iyulda 14 mingdan ortiq sedanni qayta shartnomalashdi.

Oldin Spot O'zbekistonda "chiroyli" avtonomer rekord $75 mingga sotilganini yozgan edi.