2025-yilda ushbu transport vositalari uchun yig‘imlar yuk tonnajiga qarab quyidagicha belgilangan: 10 tonnagacha — 130 dollar (oldin 50 dollar), 10 dan 20 tonnagacha — 180 dollar (100 dollar), 20 tondan ortiq — 250 dollar (150 dollar).
Bundan tashqari, Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelgan yuk mashinalari uchun stavkalar mamlakatda qolish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, 14 kungacha kirish uchun yig‘im 80 dollarni, 14 kundan ortiq qolish uchun esa 280 dollarni tashkil etadi.
Boshqa mamlakatlardan kelgan transport vositalari uchun yig‘imlar o‘zgarmas holda qoladi: Afg‘onistondan — 50 dollar, Tojikistondan — 100 dollar dan 200 dollar gacha, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan — 300 dollar, qolgan mamlakatlar uchun esa — 400 dollar.