Bu haqda turk ommaviy axborot vositalari xabar berishdi. TUSAS kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ANKA dronlari, Turkiyadan tashqari, bugungi kunda olti mamlakatda – Jazoir, Qozog'iston, Tunis, Malayziya, Indoneziya va Chadda qo'llanilmoqda.
Bir motorli turbodizel dron havoda 30 soatgacha qolishi mumkin va yuk ko'tarish quvvati 350 kilogrammni tashkil etadi. Uning eksport narxi taxminan 25 million dollarni tashkil etadi.
Narxga shuningdek, qurollar to'plamlari, dronlarni boshqarish punktlari va harbiy operatorlarni ulardan foydalanishga o'rgatish kiradi.