Musobaqalarda o'zbek juftligi Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish 176,43 ball to'plab, eng yaxshi natija ko'rsatdi va qishki Osiyo o'yinlarining chempionlari bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni KXDR vakillari R'yom Te Ok va Han Kum Chhol egalladi. Bronza medallar yapon juftligi Yune Nagaoke va Sumitade Moriguti'ga nasib etdi.
Bu O'zbekiston terma jamoasining hozirgi Osiyo o'yinlaridagi birinchi medali. Umumiy jamoaviy hisobda Xitoy 31 oltin, 26 kumush va 22 bronza medali bilan yetakchilik qilmoqda. O'zbekiston (1-0-0) Janubiy Koreya (12-13-12), Yaponiya (7-7-13) va Qozog'iston (3-7-5) dan keyin beshinchi o'rinda turibdi.
O'zbek sportchilari 1999 yilda Janubiy Koreyaning Kanvonda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritdilar. O'sha paytda Tatyana Malinina yakka shaxsiy figuralar bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.