O'zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat fuqarolarining 30 kungacha vizasiz sayohat qilish imkoniyatini beruvchi kelishuvni imzoladilar. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma'lum qildi.

Hujjat, o'tgan yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi davomida davlat rahbarlari o'rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida imzolandi.

«Bu bizning mamlakatlarimiz xalqlari o'rtasida intensiv almashuvlar, savdoni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash yo'lidagi yana bir qadamdir», — dedi Baxtiyor Saidov.

Vizasiz rejim qachon kuchga kirishi aniq emas.

Vizani soddalashtirish zaruriyati noyabr oxirida O'zbekiston elchixonasi vakillari va Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Konsullik departamenti o'rtasida Pekinda o'tkazilgan uchrashuvda muhokama qilindi. Xitoy tomoni o'sha paytda O'zbekistondagi ijobiy islohotlarni ta'kidlagan edi.

Avvalroq Spot O'zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksportini chorak baravarga oshirganini yozgan edi.