Bunday qaror O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirining o'rinbosari Kaxramon Yuldashev va Rossiya Federal baliqchilik agentligi rahbari Andrey Yakovlev o'rtasidagi videokonferensiya davomida qabul qilindi.
Kelishuvlarga muvofiq, o'zbek baliqchilariga Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida 20 ming tonna pollak va 5 ming tonna hamsi ovlash uchun kvota ajratiladi, deya xabar bermoqda O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuvda shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida baliqchilik sohasidagi qo'shma komissiyaning birinchi yig'ilishi yakuniy protokolini imzolash marosimi o'tkazildi.
Bundan tashqari, tomonlar ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, baliqchilik va akvakultura sohasida qo'shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, baliq sanoati mutaxassislari o'rtasida tajriba almashish va malaka oshirishni davom ettirishga kelishib oldilar.
Eslatib o'tamiz, Vladivostokda yangi rossiyalik-o'zbek "Dengiz mahsulotlari" baliqni qayta ishlash korxonasi ochildi.