Pala Golden Jeweller kompaniyasi 25 yillik tajribaga ega bo'lgan Ufuq Pala tomonidan tashkil etilgan bo'lib, u zamonaviy texnologik uskunalar ishlab chiqarish va zargarlik buyumlari tayyorlashga ixtisoslashgan. Kompaniya BAA, Misr, Marokashda savdo ofislariga ega va hozirda o'z faoliyat geografiyasini kengaytirmoqda.
Buxoroda tashkil etilayotgan zargarlik markazida, Savdo-sanoat palatasi, O'zbekzargarsanoati assotsiatsiyasi va Uzbank bilan hamkorlikda, yiliga 300 kilogramm zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Ushbu markazda oltin zaxirasi saqlanadigan ombor, shou-ruum, ishlab chiqarish maydonlari, haqiqiylik darajasini aniqlash laboratoriyalari va zargarlik sohasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha ikki tomonlama ta'lim shaklida o'quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Kompleksning ishga tushirilishi 2025 yilning 1-kvartaliga mo'ljallangan.
Markazga tajribali turk mutaxassislarini jalb qilish bilan birga, mahalliy yoshlar uchun ham ish o'rinlari yaratiladi. Mamlakatimizda zargarlik sohasida ixtisoslashgan ta'lim muassasalarining talabalariga nafaqat ushbu zargarlik markazida, balki Pala Golden kompaniyasining xorijiy korxonalarida ham bilim va ko'nikmalarini oshirish imkoniyati beriladi.
Reklama huquqi asosida