Angrendagi zamonaviy yashash hududi Angren City 35 ga maydonni egallaydi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimiyati matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qurilish ishlari 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Kompleks loyihasiga 9, 12, 14 va 16 qavatli 41 ta ko'p qavatli uy kiritilgan bo'lib, ularda 2810 ta kvartira joylashadi.
Shuningdek, Angren City da maktab, bolalar bog'chasi, klinika, ijtimoiy soha muassasalari va ko'ngilochar muassasalar ham quriladi. Hisob-kitoblarga ko'ra, mikrohududda 400 dan ortiq ish o'rinlari yaratiladi va ko'rsatiladigan xizmatlar hajmi 1,5 trillion so'mdan oshadi.
Birinchi bosqichda bajariladigan ishlar uchun xarajatlar hajmi, muhandislik kommunikatsiyalarini qurish kiritilgan holda, 96 trillion so'm deb baholanmoqda.
Avvalroq Spot Toshkent viloyati 2025 yilda $5 milliard investitsiya jalb qilishni rejalashtirayotganini yozgan edi.