«Alokabank» oddiy aksiyalarni 500 milliard so‘m miqdorida chiqarishini ma'lum qildi, bu haqda Yagona korporativ ma'lumotlar portali NAPPda xabar berilgan.
Kredit tashkilotining kuzatuv kengashi tegishli qarorni 3 dekabrda ma'qulladi va 11 dekabrda emissiya davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Jami 500 milliard nominal qiymati 1 so‘m bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar chiqarildi.
Aksiyalar yopiq obuna orqali mavjud investorlar uchun imtiyozli xarid huquqi bilan joylashtiriladi. Qolgan qismi beshta jismoniy shaxsga taqsimlanadi:
- Axmedov Mahmud Madaminovich;
- Karimov Zoirjon Takhirovich;
- Fazilov Xusanjon Neymatovich;
- Xaydarov Akram Adhamovich;
- Yunusaliev Shuxrat Raximovich.
«Alokabank» saytida ma'lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oktyabrida ustaviy kapital 2,01 trillion so‘mni tashkil etgan. Yangi emissiyani hisobga olganda, bu ko‘rsatkich 2,51 trillion so‘mga oshadi.
Yangi emissiyadan oldin bankning eng yirik aksioneri Qayta tiklash va rivojlanish fondi bo‘lib, u 61,8% ulushga ega edi. Yana 22,03% «Uzbektelecom» kompaniyasiga, 6% — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondiga va 4,32% — Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli edi.
Oldin Spot, Uzum Bank ustaviy kapitalini 500 milliard so‘mga oshirishini yozgan edi.