Qirg'iziston Milliy banki fuqarolardan onlayn o'tkazmalar uchun komissiya olishni vaqtincha taqiqladi, deb xabar bermoqda regulyatorning matbuot xizmati.
23-oktabr kuni Milliy bankning boshqaruvi yangi qaror qabul qildi, unda mobil ilovalar yoki internet-banking orqali amalga oshiriladigan pul o'tkazmalari uchun jismoniy shaxslardan komissiya olish taqiqlanadi.
Yangi tartib, tijorat banklari va to'lov tashkilotlariga taalluqli bo'lib, 2025 yil 31 dekabrgacha amal qiladi va Qirg'iziston ichida milliy valyutada (som) yuboriladigan pul o'tkazmalarga taalluqlidir.
«Ushbu chora barcha qatlamdagi aholi uchun bank xizmatlariga kirish imkoniyatini oshirish va bank sektorida raqamli texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirishga yordam beradi», — deydi regulyator.
Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan bir oy o'tgach, 2024 yil 23-noyabrdan kuchga kiradi.
Avvalroq Spot, O'zbekiston fintech assotsiatsiyasi turkiy davlatlar ittifoqiga qo'shilgani haqida ma'lumot bergandi.