AQSh Adliya vazirligi O'zbekiston va Rossiya fuqarosiga qarshi ayblov xulosasini e'lon qildi. Ular saylovchilarni ro'yxatga olish arizalarini soxtalashtirishda ayblanib hibsga olingan.
Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa Floridada, Pinellas okrugida sodir bo'lgan. Ayblanuvchilar 33 yoshli o'zbekistonlik, Piterburgda yashovchi va 45 yoshli rossiyalikdir.
Tergov versiyasiga ko'ra, ular 2023 yil fevral va mart oylarida 132 ta soxta saylovchilarni ro'yxatga olish arizasini taqdim etishga kelishib olgan. Agar O'zbekiston va Rossiya fuqarolariga qarshi ayblovlar tasdiqlansa, ularni besh yil ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashlari mumkin.
E'tiborga molik jihat shundaki, fuqarolarning niyati hozircha aniqlanmagan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ham hozircha ma'lum emas.