Telegram platformasi hamkorlik dasturlari uchun tezda mashhur bo'lib qoldi, deya ma'lum qildi messenjer asoschisi Pavel Durov o'zining yangi postida.

Yangi funksiya 4 dekabrda chiqadigan yangilanishda ishga tushirildi. Biznesmenning so'zlariga ko'ra, 12 kun ichida taxminan 15 mingta dastur yaratildi, shuningdek, mini-ilovalar uchun havolalar 4 million foydalanuvchiga yuborildi.

Hamkorlik platformasi orqali ilova ishlab chiqaruvchilar va jamoat kanallari mualliflari «ularga eng kerak bo'lgan narsalarni» olishadi, dedi Durov. Bu kanallarga qo'shimcha daromad olish imkoniyatini beradi va ilovalarga foydalanuvchilarni jalb etishga yordam beradi.

«Boshqa shunga o'xshash tizimlardan farqli o'laroq, Telegram hamkorlik platformasi shaffofdir va har safar jalb qilingan foydalanuvchi mini-ilovada xarid qilganda komissiyalarni darhol to'lashni kafolatlaydi», - qo'shimcha qildi milliarder.

Shuningdek, u bunday dasturlarni ishga tushirish va ularda ishtirok etishning soddaligini ta'kidladi. Masalan, mavjud hamkorlik takliflari ro'yxati bilan «Sozlamalar» menyusi orqali tanishish mumkin (Menim yulduzlarim > Yulduzlar ishlash).

Reklama Spot.uzda

Oldin Spot, Telegramning 2024 yilning birinchi yarmidagi sof foydasi $335 millionni tashkil etganini yozgan edi.