Messendjyer WhatsApp ovozli xabarlarni matnli ko'rinishga o'tkazish funksiyasini qo'shdi, bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

Endi foydalanuvchilar audio xabarlarning matnli versiyalarini eshitish imkoni bo'lmasa, o'qiy olishadi.

Messendjyerning aniqlashicha, matnli ko'chirishlar foydalanuvchilarning qurilmalarida to'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladi va xabarlar WhatsApp va uchinchi shaxslarga ko'rinmay qoladi. Funksiyani yoqish uchun ilova sozlamalariga o'tish kerak: «Sozlamalar» → «Muloqot» → «Ovozli xabarlarni matnga o'tkazish». Xabarni transkribatsiya qilish uchun uni tanlab, «Transkribatsiya qilish» opsiyasini bosish kifoya.

Bu funksiya yaqin haftalarda butun dunyo bo'ylab foydalanuvchilarga taqdim etiladi va bir necha tillarda ishlaydi. Kompaniya kelgusi oylar ichida tillar ro'yxatini kengaytirishni va'da qilmoqda. WhatsApp'da yangi funksiyaning joriy etilishi foydalanuvchilarning ovozli xabarlar bilan o'zaro aloqani osonlashtirish haqidagi so'rovlariga bog'liq ekanligini ta'kidladi.

Oldinroq Spot Telegram'da mini-ilovalar uchun bir qator yangi funksiyalar paydo bo'lganini yozgan edi.