Matbuot xizmati ma'lum qilganidek, grantlar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markaziga, Respublika perinatal markaziga va Buxoro viloyati Respublika tez tibbiy yordam markazining filialiga beriladi. Ushbu kelishuv vazirlik vakillari va Yaponiya diplomatik missiyasi rahbari Hatori Takashi bilan uchrashuvda imzolandi.
Bundan tashqari, bu yil Yaponiyaning Sojitz kompaniyasi Samarqandda 800 o'rinli klinika qurishni boshlaydi, bu davlat-xususiy sheriklik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.
Uchrashuv davomida o'zbek mutaxassislarini yapon universitetlarida o'qitishni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi.
Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Yaponiya hukumati O'zbekistonda tibbiyotni rivojlantirishga muntazam yordam berishda davom etayotganini, shu jumladan, mamlakatning chekka hududlarida fuqarolarni tekshirish uchun diagnostika uskunalarini topshirayotganini ta'kidladi.