Bu yerda tez tibbiy yordam markazi, biznes va savdo markazi, mehmonxonalar va ko'p qavatli turar-joy majmuasi, nufuzli Janubiy Koreya xalqaro tibbiyot universitetining filialini, xalqaro maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi joylashadi. Ushbu katta zamonaviy ob'ekt xalqaro standartlarga javob berib, tibbiy sayohatchilarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Viloyat hokimi Zoir Mirzaev bilan olib borilgan muzokaralar davomida bir qator boshqa takliflar ham ko'rib chiqildi. Mintaqa rahbari ushbu loyihani amalga oshirishda kompaniya vakillariga har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligini ta'kidladi.