Yonhap agentligining xabariga ko'ra, loyiha Koreya Milliy Temir Yo'llar Korporatsiyasi (KORAIL) hamda Saman va Dongmyeong Technology Corporation tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha 2026 yil bahorigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tezkor temir yo'l liniyasi Toshkent va Samarqandni bog'laydi. KORAIL loyihasi doirasida O'zbekistonga temir yo'llar qurish sohasida o'z ilg'or texnologiyalarini topshiradi.
Eslatib o'tamiz, avval prezident Toshkentdan Buxoro va Samarqandga yangi tezkor temir yo'llar qurilishi haqida e'lon qilgan edi. 30 milliard dollar qiymatidagi loyiha 2030 yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.