Oktyabr va noyabr oylarida 112 ta eksportga yo'naltirilgan kompaniya IT Park rezidenti statusini rasmiylashtirdi, deb xabar berdi texnopark matbuot xizmati.

Ushbu kompaniyalardan 59 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan. Tashkilotchilar qatoriga Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Shveysariya, Turkiya, BAA, Malayziya, Xitoy va Yaponiya investorlar kirdi.

Yangi rezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan yo'nalishlar orasida birinchi o'rinda аutsorsing — 48 ta firma. Yana 41 ta kompaniya IT xizmatlarini, jumladan, buyurtma asosida ishlab chiqish va texnik ko'mak ko'rsatishni taqdim etmoqda, 19 tasi IT mahsulotlarini yaratmoqda, 4 tasi esa kreativ va o'yin sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Yangi IT Park rezidentlari birinchi ish yili davomida 2500 dan ortiq ish o'rni yaratishni va raqamli eksportni $70 millionga yetkazishni rejalashtirmoqda. Mintaqalarda ofislar ochishga alohida e'tibor berilmoqda.

Shuningdek, portugaliyalik-vengriyalik moliyaviy rejalashtirish yechimlari ishlab chiquvchisi Karam O'zbekistondan birinchi mutaxassislarni ishga oldi. Inverson Operations Shveysariya va Amerika bozorlarida IT maslahat va axborot xavfsizligi sohalarida аutsorsing uchun ofis ochdi.

Reklama Spot.uz saytida

Malayziyalik Get-Academy filiali mijozlarga va texnik ko'mak ko'rsatish, ma'lumotlarni qayta ishlash va kadrlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi. Beukitch EV AQSh va Malayziya mijozlari uchun dasturiy ta'minot yaratishga niyat qilmoqda.

Kanadalik Unolckware IT Services ofisi Shimoliy Amerika va Yaqin Sharq mijozlari uchun dasturlar ishlab chiqadi. O'z navbatida, Fujiyama Logistics ta'minot zanjirlarini boshqarish uchun yapon tilini biladigan mutaxassislarni ishga oladi.

Avvalroq Spot O'zbekiston IT kompaniyasi Itransition Londonda yangi boshqaruv tuzilmasiga 100% ulushni o'tkazish masalasini kelishib olganini yozgan edi.