«Uzenergoinspektsiya» Toshkentdagi metallni qayta ishlash zavodida katta miqdorda elektr energiyasining o'g'irlanganligi haqida ma'lum qildi.
Poytaxt idorasi Yashnabod tumanidagi K. Y. A. korxonasida tekshiruv o'tkazdi. Ushbu tekshiruvda SGB, ichki ishlar organlari va prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari ham ishtirok etdi.
Qonun-tartibot organlari elektr energiyasini hisobga olish asbobiga tashqi ta'sirni aniqladilar. Energiyani iste'mol qilishdagi qonunbuzilishlar natijasida yetkazilgan zarar miqdori 26,945 milliard so'm ($2,09 million joriy Markaziy bank kursi bo'yicha).
Ushbu ish bo'yicha materiallar qonun-tartibot organlariga taqdim etildi. Oldinroq shunga o'xshash holatlar bo'yicha elektr energiyasini tijorat maqsadlarida o'g'irlash bo'yicha 169-moddaning 2-qismi «e» bandi bo'yicha jinoiy ishlar qo'zg'alganligi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu moddada 300 BRV (112,5 million so'm) gacha jarima yoki 2-3 yil muddatga majburiy mehnat, yoki 3 dan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki cheklash ko'zda tutilgan.
10 dekabrda «Uzenergoinspektsiya» samarali energiya iste'molini ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o'tkazilishini e'lon qildi. Tadbirkorlarni elektr energiyasini tejashga va zarurat bo'lmaganda qurilmalardan tarmoqdan uzishga chaqirdi.
Oldinroq Spot O'zbekiston energiya balansining qanday o'zgargani va bu yo'nalishda nimalar rejalashtirilayotganini yozgan edi.