"Regional elektr tarmoqlari" kompaniyasida boshqaruv raisining vazifasini bajaruvchi tayinlandi.
U – Asrorjon Asqarov. Oldin u davlat korxonasining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Asrorjon Akramovich Asqarov (1978-yil tug‘ilgan) 2001-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan diplom olgan, bir yil o‘tib esa Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Asqarovning oldingi rahbari – Ulug‘bek Mustafaev 19 dekabrda Jizzax viloyati hokimining vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tgan. U "RES"ni 2019-yildan buyon boshqargan, shuningdek, uning tashkil etilishidan oldin 2017-yildan "Uzbekenergo"ni boshqargan.
Oldinroq Spot "Odil Temirov" "Uzkimyosanoat" holdingi rahbari lavozimiga qaytganini yozgan edi.