Orifjon Fayziyev Milliy istiqbolli loyihalar agentligi direktorining o'rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Orifjon Fayziyev Olimovich (1982 y. tug'ilgan) 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetini tamomlagan, shuningdek 2017 yilda Bank-moliya akademiyasini bitirgan.

2004 yildan bank tizimida mehnat faoliyatini boshlagan, 2009-2017 yillar davomida Moliya vazirligi tizimida ishlagan, 2018-2019 yillarda Milliy loyiha boshqaruvi agentligida (NAPU), 2019-2022 yillarda esa Davlat soliq qo'mitasida bo'lim boshlig'i, departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023 yilning kuzidan Fayziyev sug'urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig'i sifatida ishlagan.

2023 yil sentyabr oyida sug'urta bozoriga nazorat NAPPga o'tkazildi. O'sha yilning noyabrida Spot Orifjon Fayziyev bilan sug'urta bozorining holati, muammolari va istiqbollari haqida suhbatlashdi.

Avvalroq Spot "Mintaqaviy elektr tarmoqlari" raisining vazifasini bajaruvchi sifatida Asrorjon Asqarov tayinlangani haqida yozgan edi.