O'zbekiston Milliy banki xalqaro pul o'tkazmalari tezligi, qulayligi va ishonchliligini qadrlovchilar uchun qulay yechim taklif etadi. Endi pul jo'natish va olish Ria Money Transfer orqali Milliy ilovasida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu xizmat, mahalliy (UzCard, Humo) va xalqaro (Visa, Mastercard) to'lov tizimlaridan foydalangan holda, mablag'larni bir necha soniya ichida xavfsiz tarzda o'tkazish imkonini beradi.
Ria Money Transfer – 37 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan dunyoning eng yaxshi pul o'tkazma tizimlaridan biridir. Ria Money Transfer pul o'tkazmalari tizimi allaqachon butun dunyo bo'ylab mijozlar ishonchini qozongan. Kompaniya xalqaro o'tkazmalarda yirik provayder bo'lib, 200 dan ortiq mamlakat va hududlarni 600 mingdan ortiq nuqtalar tarmog'i orqali qamrab oladi. Ria Money Transfer bilan mijozlar o'z moliyaviy operatsiyalarining tezligi va xavfsizligida ishonch hosil qilishlari mumkin.
Pul jo'natish va olish jarayoni juda oddiy:
- Milliy ilovasini ochish kerak.
- "Xalqaro o'tkazmalar" bo'limiga o'ting.
- Ria ni tanlash va zarur ma'lumotlarni kiritish.
- O'tkazmani tasdiqlash yoki mablag'ni olish.
Qo'shimcha ma'lumot saytimizda.
Reklama huquqlari asosida.