O'zbekistonda binolarga va inshootlarga energiya samaradorligi sinflarini berish rejalashtirilmoqda, bu haqda 19 oktyabr kuni hukumat qarorida aytilgan.

1 noyabrdan boshlab foydali maydoni 200 kv.m.dan ortiq bo'lgan binolarga va inshootlarga A, B, C, D, E, F yoki G energiya samaradorligi sinflari beriladi.

Shu bilan birga, A sinfi eng yuqori energiya samaradorligi ko'rsatkichlariga ega binolarni va inshootlarni bildiradi, G sinfi esa eng past ko'rsatkichlarni bildiradi.

Energiya auditi, muvofiqlashtirish va energiya samaradorligini oshirish sohasida nazorat qilish bo'yicha vakolatli organ sifatida Qurilish va kommunal xizmatlar vazirligi belgilangan.

Reklama Spot.uz saytida

Yil oxirigacha Qurilish vazirligi va Raqamli rivojlanish vazirligiga foydali maydoni 200 kv.m.dan ortiq bo'lgan binolar va inshootlar energiya auditi natijalari bo'yicha hisobotlar joylashtirish uchun elektron platformani ishlab chiqish va ishga tushirish topshirilgan.

Binoning energiya samaradorligi sinfi qanday aniqlanadi

Binolar va inshootlarning energiya samaradorligi sinfi energiya resurslarining iste'molini normadan og'ishiga qarab belgilanadi. Energiya samaradorligi indeksi amaldagi iste'mol va normativ (etalon) o'rtasidagi farqni bildiradi.

Ushbu ko'rsatkichning og'ish miqdoriga qarab energiya samaradorligi sinfi beriladi. Shunday qilib, kamroq issiqlik sarflaydigan binolar yuqori energiya samaradorligi sinfiga kiradi.

энергоэффективность, здания, минстрой

Jadvalga ko'ra, birinchi guruhga quyidagi sinflar kiradi:

  • A - normadan -40% va undan ko'proq og'ish;
  • B - -40% dan -26% gacha;
  • C - -25% dan -11% gacha.

Ushbu toifaga kiruvchi binolar energiya samaradorligi yuqori hisoblanadi va ularni iqtisodiy usullar bilan rag'batlantirish mumkin.

Keyingi guruhga faqat D sinfi kiradi, bu toifaga mansub ob'ektlarning energiya iste'moli normadan -10% dan +4% gacha o'zgaradi, bu "normal iste'mol" deb tan olinadi.

Uchinchi guruh quyidagi ikki sinfni o'z ichiga oladi:

  • E - +5% dan +14% gacha;
  • F - +15% dan +25% gacha.

Ushbu sinfga kiruvchi binolar energiya samaradorligi past, va ularda issiqlik yo'qotilishini kamaytirish zarur.

Oxirgi G sinfiga mansub binolar normadan 25% va undan ko'p og'ish bilan eng past energiya samaradorligiga ega. Ushbu binolar kapital ta'mirlash yoki rekonstruktsiyani talab qiladi.

D sinfi va undan past bo'lgan inshootlar uchun ko'rsatmalarga rioya qilish majburiydir. Biroq, bu shaxsiy uylarni istisno qiladi.

Avgust oyida Shavkat Mirziyoev "Energiya tejash, uni oqilona ishlatish va energiya samaradorligini oshirish to'g'risida" qonunni imzoladi. Ushbu hujjat energiya tejashni joriy etishga yangi choralarni belgilaydi.

O'zenergoinspeksiya ko'p qavatli uylar va boshqa binolarni qurishda energiya samarador texnologiyalaridan foydalanishni nazorat qilish vazifasini bajaradi. Bunga issiqlik izolyatsiyasi va QVYechimlari kiradi.

Oldinroq Spot, yil boshidan beri O'zbekistonda 4 milliard kVt/soat "yashil" energiya ishlab chiqarilganini xabar qilgan edi.