Senat Oliy Majlisi «Kosmik faoliyat to'g'risida»gi qonunni ma'qulladi, deb xabar berdi «Uzbekkosmos» Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi matbuot xizmati.

O'zbekistonda kosmik faoliyatning prinsiplari, davlat siyosatining yo'nalishlari, sohani tartibga solish uchun mas'ul organlar, ularning vakolatlari va vazifalari belgilangan qonun yo'q.

Yangi qonun loyihasi kosmik faoliyatning asosiy jihatlarini, jumladan, maqsadlar, prinsiplari, davlat siyosati yo'nalishlari va mas'ul organlarning vakolatlarini tartibga soladi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining, Mintsifrnig, «Uzbekkosmos»ning, shuningdek, Mudofaa vazirligining vazifalarini belgilaydi.

Qolgan qoidalar orasida - kosmosni o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, masofadan zondlash, aloqa va navigatsiya uchun sun'iy yo'ldoshlar qo'llanilishi, shuningdek, kosmik raketa komplekslaridan foydalanish, kosmik ob'ektlarni belgilash va utilizatsiya qilish masalalari mavjud.

Reklama Spot.uz da

Senatda qonun loyihasida kosmik texnologiyalarni ilmiy, ekologik, mudofaa, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi muammolarni hal qilishda qo'llashga alohida e'tibor qaratilganligini ta'kidladilar.

Qonun shuningdek, kosmik faoliyatning atrof-muhitga, tabiiy resurslarga va aholi salomatligiga ta'sirini nazorat qilishni ko'zda tutadi.

Senatorlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi kosmos imkoniyatlaridan qishloq xo'jaligi, transport, geologiya, seysmik xavfsizlik va boshqa iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish uchun foydalanishga imkon beradi.

Avvalroq Spot «Uzbekkosmos» O'zbekistonda deyarli 2 ming noqonuniy chiqindi joylarini aniqlaganini yozgan edi.