H3C Technologies Sо., Limited, raqamli yechimlar sohasidagi mutaxassis, va UNICON.UZ ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi bulutli texnologiyalar yechimlarini UNICON.UZ ma'lumotlar markazida joriy etish loyihasining muvaffaqiyatli yakunlanganini e'lon qildi.

«Raqamli transformatsiya O'zbekistondagi barcha sohalarda faol joriy etilmoqda va biz ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashga bo'lgan talabning keskin oshishini ko'rmoqdamiz. IT infratuzilmasiga yuklama ko'paymoqda va ma'lumotlar markazlari tizimlarining imkoniyatlari va boshqarishiga yangi talablar paydo bo'lmoqda. UNICON.UZ uchun, ma'lumotlar markazi xizmatlarini taqdim etuvchi sifatida, bizning mijozlarimizga yuqori sifatli xizmat ko'rsatishning asosiy omili ishonchli, xavfsiz va zamonaviy IT infratuzilmasiga javob beradigan ma'lumotlar markazi ta'minotidir. Bizning oldimizda yangi yondashuvni, tezda kengaytiriladigan, tarmoq resurslarini samarali taqsimlash, avtomatlashtirilgan boshqarish va bulutli texnologiyalar asosida yangi xizmatlarni ishga tushirish imkonini beruvchi yanada moslashuvchan biznes modelini joriy etish vazifasi turardi», – deydi UNICON.UZ bosh direktori Makhsum Mahmudov.

Ishonchli hamkorni tanlash, keng tajribaga ega va kompleks yechimlarni taklif etuvchi, bunday darajadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim omillaridan biridir. UNICON.UZ mutaxassislari H3C bulutli IaaS-yechimini umumiy samaradorligini, xalqaro bozorga muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar misollarini baholadilar, bu esa natijada UNICON ma'lumotlar markazi uchun bulutli yechimlarni joriy etish uchun H3C kompaniyasini tanlash qaroriga olib keldi.

UNICON.UZ vakillari H3C Intelligent Modular DC yechimining universalligi va ishlatishdagi soddaligini alohida ta'kidladilar, bu esa ma'lumotlar markazining vazifalarini bajarish uchun vaqt va resurslarni sezilarli darajada qisqartirdi va samaradorlikni oshirishga yordam berdi.

Loyihaning amalga oshirilishi UNICON.UZ ga keng ko'lamli bulutli xizmatlarni taqdim etish va ularni O'zbekistondagi iste'molchilar uchun yanada qulayroq qilish imkoniyatini berdi.

UNICON.UZ va H3C Technologies innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ishonchli hamkorlik va jamoalarning professionalligi ahamiyatini ta'kidladi. Ikkala tomon ham hamkorlik uchun bir-birlariga rahmat aytishdi va O'zbekistonda raqamli transformatsiyaga qo'shilgan hissalarini muhokama qildilar.

Reklama huquqi bilan.