Raqobat qo'mitasi bir necha telekanallarga "Reklama to'g'risida"gi qonunni buzganliklari uchun ogohlantirishlar berdi, deb ma'lum qildi vazirlikning matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar bir necha marta ba'zi kanallarda reklama materiallarining haddan tashqari ko'pligiga e'tibor qaratishdi, bu esa uzatish vaqtidan oshib ketmoqda. Qo'mita vaziyatni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda o'rganib chiqdi.
Tahlil natijasida uchta telekanalda reklama hajmiga qo'yilgan talablarning buzilgani aniqlangan. Apreldan iyulgacha bo'lgan davrda Amudaryo, FTV va Muloqot mintaqaviy kanallari normani oshirib yuborgan.
Qo'mitaning maxsus komissiyasi ularning ustidan "Reklama to'g'risida"gi qonunni buzish bo'yicha ish qo'zg'adi. Kanal rahbariyatiga buzilishlarni bartaraf etish va kelajakda ularni oldini olish bo'yicha talablar bilan buyruqlar yuborildi.
"Reklama to'g'risida"gi qonunga muvofiq, televizorda reklamalar bir soatda 20% (12 daqiqa)gacha ko'rsatilishi mumkin, bunda 10 daqiqagacha bo'lgan dasturlar reklama uchun to'xtatilmasligi kerak. Bir kunda reklama 15% (3 soat 36 daqiqa)dan oshmasligi kerak.
Oldinroq Spot xabar berganidek, Raqobat qo'mitasi yil boshidan beri BADA reklamasi bo'yicha qonun buzilishining 300 dan ortiq holatini aniqlagan.