Yandex Uzbekistan mahalliy Express24 yetkazib berish xizmatining bir qism aktivlarini o'zlashtirmoqda. Bu haqda "Gazeta.uz" kompaniyaga tayanib xabar bermoqda.

«Kompaniyalar O'zbekistonda oziq-ovqat yetkazib berish uchun Yandex Go va Express24 xizmatlarining afzalliklarini birlashtiradigan yagona texnologik platforma yaratish bo'yicha kelishib oldilar. Buning uchun Yandex Express24 ning bir qism aktivlarini sotib oladi, shartnoma yaqin kunlarda yopiladi», — deya ta'kidladi kompaniya, shunda ham shartnoma summasini oshkor etmadi.

Express24 ilovasi hozircha o'z faoliyatini davom ettiradi. Shartnoma yopilgandan so'ng, Yandex Go va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o'tadi.

Yandex Uzbekistan'da birlashuv natijasida buyurtmalar zichligi va kur'erlar uchun yetkazib berish soni oshishi kutilyapti. O'z navbatida, Express24 hamkor restoranlari yetkazib berish zonasini kengaytirishi va yangi platformaning reklama vositalaridan foydalanishi mumkin.

Avvalroq Spot, Uzum Market va Yandex Uzbekistan elektron tijoratni tartibga solishni kuchaytirishni kechiktirishga chaqirganini yozgan edi.