Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston va Iordaniya Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ikki muhim hujjatni imzoladilar. Ushbu muhim voqea haqida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.
Vazirlik rahbarining xabarida ta'kidlanishicha, Y.P. Ayman Safadi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida quyidagi hujjatlar imzolandi:
• Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim to'g'risidagi hukumatlararo kelishuv;
• 2025 — 2027 yillarga mo'ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida hamkorlik dasturi.