Moskva'da Sobiq Surya prezidenti Bashar Asadga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda britaniyalik "The Sun" gazetasi xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, suiqasd o'tgan yilning 30 dekabrida amalga oshirilgan. 59 yoshli Asad keskin holdan toygan — u yo'talib, nafas olishda qiynala boshlagan. Natijada, Asadga tibbiy yordam ko'rsatildi va uni qutqarish imkoniyati bo'ldi.
"The Sun" xabariga ko'ra, sobiq suriyalik lider suiqasd sababli yomonlashgan. Gazeta uning organizmida zahar topilganini ta'kidlaydi.
Eslatib o'tamiz, o'z rejimi qulagandan so'ng, Asad Moskva'ga qochib ketgan. Asadga suiqasd uyushtirilgani haqidagi ma'lumotlar uning xotinidan ajrashishi haqida mish-mishlar fonida paydo bo'lgan.