Biz avvalroq "Milliy tiklanish" partiyasining lideri Alisher Qadirovning Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni taklif qilgani haqida xabar bergan edik. Qadirov, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarni ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
Rossiyada, Davlat Dumasi MDH masalalari bo'yicha qo'mita birinchi o'rinbosari Konstantin Zatulinn uzbek siyosatchisining taklifiga javob berdi. Zatulinning fikricha, O'zbekiston rasmiylari Qadirovning taklifini qo'llab-quvvatlamaydi.
Zatulinn, Qadirov ushbu taklifni Rossiyada migratsiya siyosatidagi o'zgarishlarga javoban qilgan deb hisoblaydi. Qo'mita o'rinbosari har ikki davlat uchun bunday vaziyatlar foydali emasligini ta'kidlagan.
Shuni ta'kidlash kerakki, so'nggi paytlarda Rossiyada migrantlar mavzusiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Rossiya hukumati migrantlarga nisbatan qonunlarni kuchaytirishga harakat qilmoqda, bu esa ushbu siyosatga nisbatan tanqidlarni keltirib chiqarmoqda.