«Ijroiya qo'mitasi FIE 2024 yil 1 dekabrda yig'ilib, janob Alisher Usmonovning xalqaro judo federatsiyasi prezidenti sifatidagi vakolatlarini va majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda to'xtatish to'g'risidagi qaroridan xabardor bo'ldi, bu esa federatsiyaning samarali ishlashini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi. Ijroiya qo'mitasi janob Alisher Usmonovning qarorini qabul qilib, ratifikatsiya qildi», – deyiladi xabarda.
Federatsiya qo'mitasi qaroriga ko'ra, vaqtincha prezident vazifasini Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis bajaradi.
30 noyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan FIE konferentsiyasida Usmonov prezident sifatida 120 ovoz to'plab saylandi. U 2008 yildan beri federatsiyani boshqarib kelayotgan edi, ammo 2022 yil martida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari sababli vakolatlarini to'xtatgan edi.