«Yangi o'yinchilarni jamoamizga qo'shilgani bilan tabriklayman va ularga “City oilasiga xush kelibsiz” deyman. Ularning bizga qo'shilganidan xursandman. Bu haqiqatan ham yosh futbolchilar, va biz ularning jamoamizda uzoq yillar qolishini rejalashtirmoqdamiz. Xusanov Fransiyada o'ynagan. Uning ajoyib jismoniy ma'lumotlari bor va umid qilamizki, u ingliz tilini iloji boricha tezroq o'rganadi. Reys haqida gapirganda, u iste'dodli yosh braziliyalik futbolchi», — deya ta'kidladi Xosep Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli o'zbek himoyachisi Abdukodir Xusanov fransuzning “Lens” klubidan “Manchester City”ga 40 million evro evaziga o'tdi. U APLdagi birinchi o'zbek futbolchisi bo'lib, 45-raqam ostida o'ynaydi.