«Avvalo, Srечko Katanec uchun mustahkam sog'lik tilaymiz. Hammamiz u o'z ishini tugatishini xohlagandik. Biroq, sog'liq har doim birinchi o'rinda.
Jamoa men uchun tanish emas. Men u yerda o'ynadim, bosh murabbiy bo'ldim va murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritdim. Biz — askarlar. Bizga vazifa qo'yilgan, va biz uni bajarishimiz kerak.
Oldinda bizni mas'uliyatli o'yinlar kutmoqda. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Biz tezda murabbiylar shtabi va o'yinchilar bilan moslashamiz. Ushbu yig'in samarali bo'ladi, jamoada yangi futbolchilar bor. Asosiysi, barcha o'yinchilar mart oyida muhim o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rishsin. Ularning kuchi va mahorati bizga jahon chempionatiga yo'l olishimizda yordam beradi. Hammamizda bitta orzu bor. Iltimos, xalqimizdan bizni o'z duolarida qo'llab-quvvatlashlarini so'raymiz», — deydi Kapadze.
Eslatib o'tamiz, Timur Kapadze Srечko Katanecning sog'liq holati tufayli bosh murabbiylik lavozimini egalladi. Yangi murabbiy rahbarligida jamoa 27-yanvarda Iordaniya terma jamoasiga qarshi do'stlik uchrashuvida birinchi o'yinini o'tkazadi.