O'zbekiston futbolchilari birinchi bo'limda hisobni ochdi. 44-daqiqada Abbosbek Fayzulloyev jarima maydonidan tashqaridan zarba berib, gol urdi.
83-daqiqada Umid Eshmuradov jarima maydonida qo'l bilan o'ynaganligi uchun qizil karta oldi. Hakim penalti belgiladi. Darvozabon Utqir Yusupov 11 metrli zarbani qaytardi.
A guruhidagi birinchi o'yinda O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDRni shunday hisob bilan mag'lub etdi. Raqib ustidan ikkinchi g'alabadan so'ng, Srečko Katanec murabbiyligidagi jamoa 13 ochko to'pladi va guruhda ikkinchi o'rinni egallashda davom etmoqda. Shimoliy koreyaliklar oxirgi o'rinda qolmoqda. Oltita o'yinda KXDR faqat ikki ochko to'pladi.