«Oldgi murabbiyga rahmat. Men bilaman, bu mavsum qiyin bo'ldi. "Paxtakor"ga yangi uslub va g'oyalarni olib kelishga harakat qilaman. Meni kelajakdagi klub loyihasi qiziqtirdi», - dedi Moreyra.
Yangi bosh murabbiy bilan 1+1 sxemasi bo'yicha shartnoma imzolandi, unga to'rtta vatandoshi yordam beradi.
«Mening falsafam va jamoaning falsafasi o'xshash. Biz uchun har bir o'yin muhim, va har bir keyingi uchrashuvda g'alaba uchun kurashamiz. Shunday qilib, global natijaga erishamiz», - ta'kidladi murabbiy.
"Paxtakor"ning sobiq bosh murabbiyi Maksim Shatskiy klub raisining maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Avval Moreyra Paulo Fonseka bilan "Roma" va "Shakhtar" klublarida yordamchi bo'lib ishlagan, shuningdek, "Sporting"ning yoshlar jamoasini boshqargan.